O‘zbekiston | 21:49 / 11.03.2016
1928
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasini oshirmoqchi

Qozog‘iston va O‘zbekiston ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasini oshirish maqsadida yetkazib beriladigan mahsulotlar miqdorini oshirmoqchi, deb aytdi Qozog‘iston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Bakitjon Sag‘intayev.

"Biz O‘zbekiston bilan ekspertlarimiz Qozog‘iston milliy iqtisodiyoti vazirligi va O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro tovar aylanmasini oshira olishimiz uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar miqdorini oshirishi doirasida ishlashga kelishib oldik", deb aytdi Sag‘intayev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo hay'atining 15-yig‘ilishida jurnalistlarga.

Sag‘intayev ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar muhim masala ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

"Jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan vaziyat tufayli bizning O‘zbekiston bilan tovar aylanmamiz o‘tgan yili 13,9 foizga kamayib ketdi. Biroq bu tabiiy holat", deb aytdi Sag‘intayev.