Sport | 11:23 / 11.03.2016
2081
1 daqiqa o‘qiladi
Pol Skoulz: «MYu»ga yangi falsafa kerak emas. Jamoaning 20 yildan buyon o‘z falsafasi bor»
Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq yarimhimoyachisi Pol Skoulz Yevropa ligasi 1/8 final doirasidagi «Liverpul»ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan (0:2) keyin Lui van Gaal boshchiligidagi jamoa o‘yiniga baho berib o‘tdi.
«MYu» transferlar uchun 300 million funt sarfladi. Natija esa jamoa APLda oltinchi o‘rinda bormoqda va Yevropa ligasida ishtirok etmoqda. Aslida esa jamoa «Barselona», «Real» va «Bavariya» bilan raqobat qilishi kerak edi.
«Manchester Yunayted»ga yangi falsafa kerak emas. Klubning o‘z falsafasi bor va u 20 yildan beri ishlab keladi», – deya gapirib o‘tdi Skoulz BT Sport telekanalidagi nutqida.