Rafael Benites: «Men buyuk jamoaga uni APLda olib qolishda yordam berish uchun keldim»
«Nyukasl» jamoasining yangi bosh murabbiyi Rafael Benites o‘zining yangi ishida o‘zidan kutilayotgan vazifa haqida fikr bildirib o‘tdi.
«Men inglizlarning buyuk jamoasi boshqaruviga keldim. Jamoani premer-ligada olib qolishda yordam beraman.
Bu da'vat nafaqat men uchun, murabbiylar shtabi, futbolchilar va muxlislar uchun hamdir. Biz birgalikda bir maqsad yo‘lida harakat qilishimiz kerak. Shuning uchun, men muxlislardan to‘la qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rayman.
APLga qaytish men uchun oilamga yaqinroq bo‘lish imkonini beradi. Uyim va oilam Angliyada. Men shu tufayli ham baxtiyor bo‘laman», – deydi Benites.
Eslatib o‘tamiz bugun jamoa rahbariyati qoniqarsiz natijalar tufayli Stiv Maklarenni iste'foga chiqardi. Ko‘p o‘tmasdan uning o‘rniga jamoani Benites 3 yil davomida boshqarishi haqida ma'lum qilindi.
Ayni vaqtda, 28 tur o‘yinlaridan keyin «Nyukasl» 24 ochko to‘plagan holda APL turnir jadvalining 19 o‘rnida bormoqda.