Sport | 07:09 / 11.03.2016
1603
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu: "Real"ga hali ham barqarorlik, omad va g‘alaba uchun iroda yetishmayapti

Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubga ayni vaqtda katta g‘alabalarga erishish uchun ko‘p narsa yetishmayotganini aytdi. Futbolchi bunda muxlislar qo‘llab-quvvatlovi ham muhim ekanligini qayd qilib o‘tdi.

"Bizga hali ham ko‘p narsa yetishmayapti: barqarorlik, omad va g‘alaba uchun iroda. Biroq fikrimcha, biz hozir to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqdamiz. Muxlislar haqida gapiradigan bo‘lsam, ularning qo‘llab-quvvatlashini his qilish har doim muhimdir", deb Ronaldu aytgan so‘zlar UYeFA rasmiy saytida keltirildi.

Oxirgi vaqtlar Ronaldu o‘z o‘yini deb ko‘p marta tanqidga va hattoki "Santyago Bernabeu" stadionida norozi bo‘lgan muxlislar tomonidan hushtakbozlikka ham uchragandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish