Toshkentdagi Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta'minlash markazlarining yuridik manzillari ma'lum qilindi
Mehnat vazirligi axborot xizmati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 fevraldagi 54-sonli qarori qabul qilinishi munosabati bilan fuqarolar uchun vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo‘lishiga oid tushuntirish berdi.
Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan vaqtincha hisobga olingan fuqaro Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha mehnat qilish huquqiga ega va bunday huquq hisobga olish muddatiga beriladi. Vaqtinchalik bir martalik ishlash huquqini beruvchi guvohnoma olishga ariza berishda fuqaro quyidagi shartlarga rioya qilishi lozim:
- vaqtinchalik yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobga olingan bo‘lishi;
- qonun hujjatlarida belgilangan pasport rejimiga va jamoat tartibiga rioya etishlari shart.
Toshkent shahrida vaqtinchalik yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar Mehnat vazirligi Bandlikka ko‘maklashish (shahar) tuman markazi huzuridagi Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta'minlash markaziga murojaat qilishlari mumkin. Quyida Toshkent shahrida joylashgan Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta'minlash markazlarining yuridik manzillari va bog‘lanish uchun telefon raqamlari keltirilmoqda:
Uchtepa tumani — Uchtepa tumani, Sakkokiy ko‘chasi, 64. tel: (0371) 247-71-30
Chilonzor tumani — Kichik Halqa yo‘li (“Abu Saxiy” buyum bozori yaqinida). Tel: (0371) 279 48 08
Yashnobod tumani — Toshkent halqa yo‘li, “Qo‘yliq” mavzesi. Tel: (+99893) 523-36-32
Shayxontohur tumani — Toshkent halqa yo‘li, Ibn Sino mavzesi,2. tel: (0371) 218- 49-23
Yunusobod tumani — Yunusobod-16, 16 “A” uy. Tel: (+99897) 706-22-52
Sergeli tumani — Sergeli tumani, Sputnik-17, 16 uy. Tel: (0371) 257-71-63
Olmazor tumani — Forobiy ko‘chasi, 1 uy. Tel: (+998 94) 947- 66-94
Mirzo Ulug‘bek tumani — M.Ulug‘bek ko‘chasi, 1 uy. Tel: (0371) 263-81-21
Boshqa mintaqalardan kelgan fuqarolar uchun vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnoma Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha hisobga olish muddatiga beriladi. Bunda vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnoma muddati olti oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnoma olish uchun fuqaro tomonidan Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta'minlash markaziga:
a) ariza;
b) asl nusxa ko‘rsatilgan holda pasportning nusxasi;
v) 3 x 4 sm o‘lchamli to‘rtta fotosurat;
g) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha to‘ldirilgan so‘rovnoma taqdim etilishi kerak.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan keladigan va vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan fuqarolar turgan joyi bo‘yicha hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ini ham taqdim qilishlari talab etiladi.
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnoma yuqorida qayd etilgan barcha hujjatlar taqdim etilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida beriladi.
Fuqarolar ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan qiziqtirgan savollar bilan IIVning quyidagi raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin:
(0 371) 233-39-39, 233-22-33, 252-70-01.
Vaqtincha ishlash huquqini taqdim etuvchi guvohnoma masalasiga oid savollar bilan Mehnat vazirligining CALL-markazlariga ulangan 200-06-00 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.