Bugun Yaponiyada mahalliy vaqt bilan 14 dan 46 daqiqa ötganda (Toşkent vaqti bilan 10.46 da) 2011 yilda yuz bergan zilzila va sunami qurbonlari xotirasi yodga olindi. Mamlakatning barça şaxarlarida tabiiy xavfdan ogoxlantiriş ramzi bölgan sirena ovozlari yangradi. Qurbonlar bir daqiqa sukut saqlangan xolda yodga olindi. Tadbirlar mamlakat poytaxti Tokioda imperator oila a'zolari, xukumat vakillari va parlament deputatlari iştirokida boşlandi.
Bundan roppa rosa beş yil avval- 2011 yilning 11 mart kuni Yaponiya şimoliy-şarqida magnitudasi 9.0ga teng zilzila qayd qilingan edi. Keyinçalik bu yer qimirlaşiga Şarqiy Yaponiyadagi Buyuk zilzila degan nom berildi. Olimlarning fikriça, bu kabi zilzilalar mazkur mintaqada har 600- 1000 yilda bir marta yuz berib turadi. Zilzila oqibatida yuzaga kelgan sunami tölqini şu kungaça kuzatilgan tölqinlardan bir neça barobar yuqori bölib, Tinç okeani soxillariga katta ziyon yetkazdi. Zilzila episentri Tokiodan 373 kilometr şimoliy-şarqda 24 kilometr yer qa'rida joylaşgan edi. Tsunami 561 kvadrat kilometr xududni qamrab oldi. Şundan 327 kvadrat kilometri Miyagi prefekturasi xududiga töğri keladi. Tsunami balandligi Ivate prefekturasidagi Miyako şahrida 40,5 metrga yetdi. Umumiy xisobda sunami oltita prefekturadagi 62 ta şaxar va qişloqqa ziyon yetkazdi. Tabiiy ofat oqibatida 15 ming 894 kişi xalok böldi, 2 ming 562 kişi bedarak yöqoldi. Xalok bölganlarning 93 foizi sunami qurbonlari bölgani aytilmoqda.
Olimlarning aytişiça zilzila oqibatida Yaponiyaning Xonsyu oroli 2,5 metr şarq tomon siljigan. Tsunami Yaponiya iqtisodiyoti, transport va infratuzilmalariga salkam 17 trillion iyen miqdorida zarar yetkazdi. Bu 215 milliard dollar demakdir. Bunga “Fukusima-1” atom elektr stansiyasiga sarflangan xarajatlar kirmaydi. 126 mingta bino butunlay, 260 ming bino qisman vayron böldi. 13 ming kvadrat kilometr yer zararlandi.
Insonlarning xalok bölişi yoki ziyon körişidan taşqari sunami “Fukusima-1” (Fukushima Daiichi) atom elektr stansiyasida yirik fojyeaga sabab böldi. Bu kabi xodisa 1986 yilgi Çernobil Atom elektr stansiyasida yuz bergan fojyeadan keyingi eng yirik xalokat ekani tan olingan. Zilzila oqibatida AES taşqi elektr ta'minotidan uzilib qoldi. AES sunami xavfidan muxofaza qilinişi közda tutilmagani oydinlaşdi. Tölqin dizel generatorlarini suvga botirdi. Atom elektr stansiyasida kuzatilgan xalokatidan söng yaqin atrof radioaktiv zararlandi. Bu öz navbatida odamlarning xavfsiz joylarga boş olib ketişilariga sabab böldi. Umumiy hisobda 146 mingdan ortiq kişi xavfsiz joyga köçirildi. Fojyeaga 5 yil bölganiga qaramay, 40 mingga yaqing aholi hamon öz uylariga qayta olmayapti. Ularning katta qismi mamlakatning boşqa xududlarida yaşab qolişni afzal körmoqda.
2011 yilning dekabrida Yaponiya xukumati “Fukusima-1” AESi xalokatlarini bartaraf etiş borasida 30 yilga möljallangan reja qabul qildi. Xalokat talofatlari 40 yildan keyingina butunlay bartaraf etilişi aytilmoqda.






