Xitoy chiqindilar uchun yangi soliq to‘lovini joriy qilmoqchi
XXR Butunxitoy xalq vakillari delegatlari yig‘ilishida atrof-muhitni ifloslantiruvchi korxonalar uchun qo‘shimcha soliq to‘lovini joriy qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilish masalasini muhokama qilinmoqda.
11 mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot konferensiyasida XXR tabiatni muhofaza qilish vaziri Chen Tszinin mazkur qonundan ko‘zlangan maqsad, atmosferaga chiqindi chiqarish darajasini kamaytirish ekanini ma'lum qildi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha tamoyili bo‘yicha: atrof-muhitni qancha ko‘p ifloslantirsang, shuncha ko‘p soliq to‘laysan, kamroq ifloslantirsang, kamroq soliq to‘laysan.
Toshko‘mirdan ekologik toza va yuqori samarali foydalanish imkoniyatini kengaytirish hamda an'anaviy qayta ishlanmagan ko‘mirdan foydalanishni qisqartirish va ko‘mirdan gaz va elektr quvvatiga o‘tishni rag‘batlantirish zarur.
Hukumat zamonaviy chiqindi chiqarish standartlariga mos kelmaydigan 3,8 million mashinani iste'moldan chiqarmoqchi.