Anjyelina Joli va Bred Pitt Londondagi uyi uchun har oy 21 ming dollar to‘laydi
OAV aniqlagan ma'lumotlarga ko‘ra, Londonda Anjyelina Joli va Bred Pitt ijaraga oluvchi uy oyiga 21 ming dollarni tashkil etadi.
Gollivudning eng taniqli aktyorlari ijaraga olgan Temza qirg‘og‘idagi dala-hovli Oq uy shaklida qurilgan. Ulkan saroy yulduzlarning katta oilasini o‘ziga bemalol sig‘dira oladi.
Hovlida 8ta yotoqxona joylashgan. Bundan tashkari, uy atrofida katta yopiq basseyn va sportzal mavjud. Bunday turar-joyni ijaraga olish – juda ham rohatli: biroq uning ijarasi uchun yulduzlar har oy 21 ming dollar to‘lashlariga to‘g‘ri keladi, deb xabar beradi US Weekly.
Londonning qoq markazida joylashgan bu koshonada Joli va Pitt eng kamida yarim yil yashaydi. Shuningdek, yangi uy oilaning qadrdon do‘sti hisoblanmish Jorj Kluni hovlisiga yaqin joyda joylashgan. Ayni damda Bred Pitt “Dunyolar jangi Z-2 ” kartinasi bilan band bo‘lsa, uning turmush o‘rtog‘i esa siyosat va hayriya ishlari bilan mashg‘ul.
Yulduzli juftlik joriy yilning 29 fevral oqshomida bo‘lib o‘tgan “Oskar” mukofotining taqdirlash marosimiga borishdan bosh tortishdi. Mish-milarga ko‘ra, ular marosimga yaqin tortishib qolishgan. Shuningdek, ularning muhimroq ishlari chiqib qolgan taxmin ham mavjud.
Yaqindagina Anjyelina Kambojaga tashrif buyurdi. U 2016 yil so‘ngida muxlislar e'tiboriga havola etiluvchi yangi filmning suratga olish ishlariga hozirlik ko‘rmoqda. Filmning nomi – “Avval ular mening otamni o‘ldirishdi”. U “Avval ular mening otamni o‘ldirishdi: Kamboja qizining xotiralari” asari asosida suratga olinadi. Jolining birinchi asrab olgan farzandi Meddoks ham Kambojada tug‘ilgan.