AQShning beshdan ortiq shtati rekord darajasida toshqin ichida qoldi
AQShdagi Meksika ko‘rfazi sohilida yog‘ayotgan shiddatli yomg‘ir va suv toshqini natijasida beshta inson hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar beradi NBC News.
Ob-havo milliy xizmatining xabar berishicha, yaqin soatlar ichida tumanlarda 13 sm. gacha bo‘lgan yog‘ingarchilik kutilmoqda. Suv toshqini Luiziana, Arkanzas va Texasning katta qismini bosib qoldi.
Tashkilotning matbuot xizmati daryo va ko‘llardagi toshqinlar bir necha kun mobaynida va kelayotgan hafta ham doimiy xavf solishi mumkinligini e'lon qildi.
Ayni damda faqatgina Luiziana shtatidagi 3500 nafarga yaqin inson evakuatsiya qilingan. Mahalliy aholining aytishicha, Sabina daryosi 1884 yil qayd etilgan eng yuqori balandlikka ko‘tarilishi mumkin. Toshqinlar Yangi Orlean yaqinidagi avtomobil yo‘llari ko‘prigini yuvib o‘tdi.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlar Missisipi, Tennessi va Oklaxoma shtatlarida ham qayd etilgan.