13:52 / 12.03.2016
1921

Audi TT avtomobilining yashirin surati oshkor bo‘ldi

Autogespot portali “Audi”ning yangi avlodi bo‘lmish Audi TT kupesining yashirin ravishda olingan suratini namoyish etdi. Mashina hech qanday kamuflyajsiz Ispaniyaning Granada shahridagi AYoQShlardan birida suratga olingan.

Ikki eshikli ushbu yangi mashina 2015 yilning may oyida namoyish etilgan TT clubsport turbo kontsept kariga juda o‘xshash. Bundan tashqari suratda ko‘rish mumkinki, kupe ort qismi OLED chiroqlari bilan boyitilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Audi TT RS besh silindrli, 2,5 litrli turbomotorga ega. U, shuningdek, 367 ot kuchidan 400 ot kuchiga qadar kuchlana oladi.

Audi TT RS premerasi mart oyi so‘nggida Nyu-Yorkda bo‘ladigan motorshouda bo‘lib o‘tadi.

Top