21:30 / 12.03.2016
1328

Italiya shimolidagi tog‘larda 6 alpinist qor ko‘chkisi oqibatida halok bo‘ldi

Italiyaning shimolidagi Trentino-Alto-Adijye viloyatidagi Valle Aurina tog‘larida qor ko‘chkisi oqibatida halok bo‘lgan 6 alpinistning jasadi topildi. Bu haqda ANSA agentligi xabar bermoqda.

Qutqaruvchilar qidiruv ishlarini davom ettirmoqdalar, chunki qor qatlami ostida yana boshqa odamlar qolgan bo‘lishi mumkin. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasiga uchta vertolyot jalb qilingan.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, yilning bu vaqtida tog‘larda qor ko‘chkisi yuz berishi ko‘p uchraydigan holatdir. Bu holat shunisi bilan yana chuqurlashmoqdaki, iqlim kuzatilishi boshlangandan beri sayyoramizda qayd qilingan eng iliq qishda tog‘larda qor ancha kech yog‘di. Deyarli qorsiz o‘tgan qishdan keyin hozirda Italiya tog‘larida katta miqdorda qor yoqqan. Havo harorati ko‘tarilishi bilan ko‘chki yuz berishi xavfi ham oshadi, deb ogohlantirmoqdalar mutaxassislar.

Top