08:34 / 12.03.2016
1394

Jon Kerri Suriya va Yaman bo‘yicha Saudiya Arabistonida muzokaralar o‘tkazdi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Saudiya Arabistonining yuqori lavozimdagi rasmiy shaxslari bilan o‘tkazgan muzokaralar davomida Suriya va Yamanda ixtiloflarni tugatish masalalarida oldinga surilishning muhimligini aytdi, deb xabar bermoqda AQSh Davlat departamentidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Kerri qirol Salmon ibn Abdulaziz Al-Saud, qirollikning valiahd shahzodasi, valiahd shahzoda o‘rinbosari va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri bilan Xafar-al-Batin tashqarisidagi harbiy bazada uchrashdi.

Top