OAV: shifokor qotil-uchuvchi Lyubitsga mash'um aviafalokatdan ikki hafta oldin kasalxonaga yotishni tavsiya qilgan
Germanwings aviakompaniyasi samolyoti falokatga uchrashidan ikki hafta oldin shifokor samolyotni falokatga uchratgan ikkinchi uchuvchi Andreas Lubitsni ruhiy kasalxonaga yotqazish kerakligini tavsiya qilgan, deb yozmoqda falokatni tergov qilish va aviafalokatlar tahlili bo‘yicha hujjatga iqtibos keltirgan holda The Wall Street Journal nashri.
Ma'lum qilinishicha, shifokor shaxsiy hayot dahlsizligi qonunini buzishdan hayiqib, hukumat idoralarini uchuvchining ruhiy davolanishi kerakligidan ogohlantirmagan.
Falokat bo‘yicha tergovning to‘liq hisoboti 14 martda chop etilishi kerak.
Andreas Lubits deyarli bir yil avval – 2015 yil 24 martda Frantsuz Alplarida bortida 149 kishi bo‘lgan A320 samolyotini ataylab falokatga uchratgan. U ekipaj sardori uchuvchilar kabinasidan tashqariga chiqqanidan foydalanib, ichkaridan qulflanib olib, samolyotni toqqa oborib urgan.
Avvalroq uchuvchi samolyot bilan yuz bergan falokatdan 7 yil avvalroq tushkunlikdan aziyat chekishni boshlagani ma'lum qilingandi.