11:45 / 12.03.2016
1987

Olimlar saraton chaqiruvchi yangi omil haqida ma'lum qilishdi

Saraton chaqiruvchi omillardan yana biri yomon uyqu va kuchli xurrak ekanligi aniqlashtirildi. Bu haqda Ispaniya va AQShlik tibbiyotchilar Myunxenda o‘tkazilgan Yevropa urologiya assotsiatsiyasining ochiq yig‘ilishida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda EurekAlert.

Tibbiyotchilarning xulosasiga ko‘ra, gipoksiya — organ va tana to‘qimalarining kislorod bilan to‘la ta'minlanmasligi saraton chaqiruvchi omil hisoblanadi. Inson me'yorda uxlaganda esa uning organizmi kislorod bilan yaxshi ta'minlanadi. Kam uyqulik esa qon tomirlarida saraton chaqiruvchi xujayralarni chaqirishga sababchi bo‘ladi.

Olimlar o‘z tajribalarini 12 ta sog‘lom va 12 ta saratonga uchragan sichqonda sinab ko‘rishdi. Xulosa shunday bo‘ldiki, gipoksiyaga uchragan sichqonlarning qon tomirida salbiy o‘zgarishlar kuzatilgan.

Olimlardan biri Antoni Vilasekaning aytishicha, inson sog‘lom turmush tarzi olib borsa va sport bilan shug‘ullanib tursa saraton chaqiruvchi salbiy omillar uning organizmida mutlaqo uchramaydi.

Top