21:09 / 12.03.2016
1318

Snouden AQShga qaytish istagini bildirdi

AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden AQShga qaytish istagi borligini, biroq qayerda yashashidan qat'i nazar o‘z faoliyatini davom ettirish niyatida ekanini aytib o‘tdi. Bu haqda Bruklin musiqa akademiyasidagi videoanjuman doirasida Milliy xavfsizlik agentligi nazorat tizimining qoralovchisi xabar bergan

“Men bilan shaxsan bu borada va bizning mamlakatimizda nimalar sodir bo‘lmoqda, bu muhim emas, Men bunga ko‘nikdim”, dedi videoaloqalar bo‘yicha BMA festivalida ishtirok etgan Snouden. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvaliga u “bundan-da yomonroq natija”ni kutgan edi. “ Men hech qachon Rossiyada bo‘lishni tanlamaganman va o‘z yurtimga qaytishni afzal deb bilaman”, deb aytdi Snouden.

Biroq Snouden agar rad javobini olsa, shunday samaradorlikda o‘z faoliyatini davom ettirishini aytib o‘tdi. 2014 yilning fevralidan boshlab u “Matbuot erkinligi” (Freedom of the Press Foundation) fondi direktorlari tarkibiga kiradi.

Hozirda prezidentlik lavozimiga da'vogarlardan biri bo‘lmish milliarder Donald Tramp Snoudenni ayg‘oqchilikda ayblab, u sudlanish uchun AQShga qaytishi kerakligini aytgan edi: “Agar Rossiya bizni mamlakat sifatida hurmat qilsa, bizga Snoudenni qaytarishi lozim”.

Snouden 2013 yilning iyun oyida internet orqali AQSh va Buyuk Britaniya maxsus xizmatlarining nazorat dasturi haqidagi bir qator maxfiy hujjatlarni Washington va Post Guardian gazetalariga jo‘natgandi.

U avvaliga Gonkongga uchib keladi, u yerdan esa Moskvaga kelib, bir necha vaqt Moskva aeroportining tranzit hududida kun kechiradi: Snouden Gonkongdan Sheremetevo aeroportiga kelib tushganida, AQSh hukumati uning pasportini bekor qiladi va bu o‘sha damda uning Rossiya hududidan chiqib ketishiga yuridik jihatdan to‘siq bo‘ladi.

Keyinchalik, Rossiya Snoudenni bir yil muddatga vaqtinchalik boshpana bilan ta'minlaydi va unga AQShga qarshi faoliyatini to‘xtatish shartini qo‘yadi. 2014 yilning 1 avgustida u nafaqat Rossiya, balki uning tashqarisida ham sayohat qilishiga ijozat beruvchi 3 yillik turar-joyga ega bo‘ldi.

Top