23:56 / 12.03.2016
1821

Total Eronda neft-kimyo majmuasini qurmoqchi

Fransiyaning Total neft kompaniyasi Eronda neft-kimyo majmuasini qurmoqchi, deb xabar bermoqda Trend nashri.

Ma'lum qilinishicha, kompaniya vakillari Eron milliy neft-kimyo kompaniyasi bilan Tehronda neft-kimyo majmuasini qurish bo‘yicha hamfikrlikka erishish memorandumini imzolashdi.

Etan, kerosin, suyuq gaz va suyuq yonilg‘ining qolgan turlarini ishlab chiqaruvchi zavod Fors ko‘rfazining sohilbo‘yi hududida quriladi.

Top