07:47 / 12.03.2016
1540

Turkmanistonga tegishli kema Astraxan viloyatida shikastlandi

Olya (Astraxan) – Noushahr port (Eron) yo‘nalishi bo‘yicha ketayotgan, g‘alla ortilgan Turkmanistonga tegishli "Mahtumquli" yuk kemasi Astraxan viloyatida Ikra daryosida shikastlandi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.  

Kema suv osti to‘sig‘i bilan to‘qnashishi oqibatida rumpel bo‘limida yoriq oldi. Yuk kemasi suv ustida turibdi, hech kim jabrlanmagan. Kema ekipaji suvni nasos bilan tortib olmoqda.  

Kema bortida 18 kishidan iborat ekipaj bor. Avariya joyiga Olya portidan "Stolnyy grad Yaroslavl" qutqaruv kemasi va "Kolonok-99" buksiri yo‘lga chiqqan.

Top