Jahon | 20:46 / 13.03.2016
20439
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yilgi "Dunyo go‘zali" tanlovi g‘olibi Afrika vakili bo‘ldi

Xitoyning Dunguan shahrida "Dunyo go‘zali-2016" go‘zallik tanlovi o‘z yakuniga yetdi. Bu yili ushbu tanlovni Janubiy Afrika Respublikasi go‘zali Kendis Abraxams yutdi.

Dunyoning eng chiroyli vakilasi nomini olish uchun Polsha, Janubiy Koreya, Kanada va AQSh vakilalari asosiy da'vogarlar sifatida qaralayotgan edi.

Bu tanlovda tan olinmagan Lugansk xalq respublikasi nomidan birinchi marta Valeriya Bmlinina ham ishtirok etdi.

"Men o‘z respublikam nomidan ishtirok etganimdan va o‘z bayrog‘im ostida chiqqanimdan xursandman. Men bu bilan yana bir marotaba LNR borligini isbotladim!", deb aytdi Bilinina.

Bilinina ukrainalik Marianna Nijna bilan o‘rtalarida mojaro kelib chiqmadimi degan savolga "yo‘q" deya javob berdi.

"Dunyo masalalarini siyosatchilar hal qilishi kerak, oddiy odamlar esa muloqot qilishlari kerak", deb aytdi 22 yoshli qiz.