20:55 / 13.03.2016
1634

Britaniyalik bokschi Devid Xey Lukas Braun bilan jang o‘tkazish borasida muzokaralar olib bormoqda

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni, 35 yoshli britaniyalik bokschi Devid Xey o‘zining keyingi jangini 21 mayda Londonda o‘tkazadi.

Ayni vaqtda bokschi superog‘ir vaznda WBA versiyasi bo‘yicha "muntazam" jahon chempioni, 36 yoshli Lukas Braunning manfaatlarini bildiruvchi Hatton Promotions promouterlik kompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Braun 5 martda Grozniyda Ruslan Chagayevni texnik nokautga uchratib, undan WBA chempioni kamarini tortib olgandi.

WBA rejasiga ko‘ra, Braunning keyingi raqibi Fres Okendo bo‘lishi kerak. Ular o‘rtasidagi jangning g‘olibi ayni vaqtda WBA versiyasi bo‘yicha superchempion, britaniyalik Tayson Fyurining raqibi bo‘ladi.

Top