12:23 / 13.03.2016
1374

Koreya Respublikasiga AQShning «Jon Stennis» atom aviatashuvchisi yetib keldi

Amerikaliklarning «Nimits» rusumidagi «Jon Stennis» (USS John C. Stennis) nomli atom avianosetsi (samolyotlar uchishi va qo‘nishi uchun mo‘ljallangan harbiy kema) qo‘shma harbiy-o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun Koreya Respublikasi qirg‘oqlariga yetib keldi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar tarqatgan.

Kema mamlakatdagi eng yirik port shahri hisoblanadigan, poytaxt Seuldan 450 km masofadagi Pusanga to‘xtagan. U bilan Koreyaga USS Stockdale, USS Chung-Hoon va USS William P. Lawrence minonosetslari (torpedolar bilan qurollangan harbiy kema) eskadriliyasi hamda Mobile Bay kreyseri yetib kelgan.

Avianosets ekipaji janubiy koreyalik hamkasblari bilan muloqot qilib, mahalliy aholi madaniyatini ham o‘rganishi rejalashtirilgan.

Bundan oldinroq, AQSh va Koreya Respublikasi hamkorlikda Key Resolve nomi ostida qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazishi tufayli KXDR amerikaliklarga yadroviy hujum bilan tahdid solgandi.

Keyinroq, AQSh KXDRni daf qilish maqsadida Janubiy Koreyaga zarbali atom suvosti kemasini yo‘naltirishi haqida xabar berilgandi.

Top