Sport | 01:03 / 13.03.2016
1903
1 daqiqa o‘qiladi

Bitta o‘yin uchun futbolga qaytgan Van der Sar penaltini qaytardi

Gollandiyalik afsonaviy darvozabon Edvin Van der Sar futbolga bir o‘yinga qaytdi va darhol qahramonga aylandi.

Edvin Van der Sar yoshligida "Nordveyk" havaskor futbolchilar klubida o‘ynagan. Hozirda faoliyatini tugatgan futbolchi jarohati tufayli o‘z darvozabonini yo‘qotgan yoshligidagi jamoasining iltimosini rad eta olmadi va bir o‘yinga jamoa darvozasini qo‘riqlashga rozi bo‘ldi. Taniqli darvozabon uchrashuv davomida "jasorat ko‘rsatib", 11 metrlik jarima to‘pini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

"Nordveyk" va "Yordan Boyz" o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi.