11:48 / 13.03.2016
1374

Tramp o‘ziga qilingan hujumda IShIDning qo‘li borligini aytdi

Ogayoda Donald Trampga uning saylovoldi kampaniyasi doirasidagi chiqishi vaqtida hujum qilgan qora tanli IShID jangarisi sifatida gumon qilinmoqda. Bu haqda prezidentlikka nomzod jabrlanuvchining o‘zi tvitteri orqali yozgan.

"Maxsus xizmatlar vakillari bu manyakni to‘xtatib, ajoyib ish qilishdi. U IShID a'zosi. U qamoqda o‘tirishi kerak", deb yozadi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, 12 mart kuni saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida noma'lum shaxs sahnaga chiqib kelgach, tansoqchilar Donald Trampni halqa bo‘lib o‘rab olib, xavfsiz joyga olib ketishdi.

Undan avvalroq Donald Tramp xavfsizlik nuqtai nazaridan Chikago shahrida Illinoys universitetidagi chiqishini bekor qildi. Trampning minglab dushmanlari universitet atrofida yig‘ilishgani va Trampning tarafdorlari bilan to‘qnashuvga kirishgani sababli tadbir milliarderning kelishigacha bekor qilingan.

AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Donald Tramp bir necha marta mamlakatning amaldagi rahbari Barak Obamani tanqid qilib chiqqan, shuningdek, u AQShda yashovchi meksikalik muhojirlar va musulmonlarga qarshi "siyosiy tomondan ma'qul bo‘lmagan" fikrlarni bildirgan. Tramp nutqlaridagi keskinlik uning dushmanlari, jumladan u a'zosi hisoblanadigan Respublikachilar partiyasi vakillari tomondan ham yaxshi qabul qilinmaydi.

AQSh prezidentligi uchun saylov 2016 yilning 8 noyabrida bo‘lib o‘tadi. Keskin fikrlarga qaramasdan, milliarder respublikachilar nomidan saylovlarda ishtirok etish huquqini olish poygasida yetakchilik qilmoqda.

Chikagoda to‘qnashuvlar sababli Donald Trampning chiqishlari bekor qilindi

Trampning tansoqchilari uni hujumdan himoya qilishdi

Trampning Chikagodagi chiqishi paytidagi to‘qnashuvda ikki politsiyachi yarador bo‘ldi

Top