Jahon | 09:08 / 13.03.2016
1796
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning tansoqchilari uni hujumdan himoya qilishdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp tansoqchilari milliarderning Ogayo shtatidagi Dayton shahridagi nutqi davomida unga qilingan hujumning oldini olishdi.

Bir erkak minbarga chiqib, ehtimol siyosatchiga shisha idish uloqtirmoqchi bo‘lgan, deb xabar berildi politsiyada NBC News telekanaliga. Qoidabuzar tezda qo‘lga olindi, unga jamoat tartibini buzish aybi qo‘yilmoqda. 

"Men o‘zim uni bir yoqli qilishim mumkin edi, biroq buni koplarga qoldirishni ma'qul deb topdim", deb hazillashdi Tramp qoidabuzar olib ketilgandan so‘ng.   

Ta'kidlanishicha, bu Tramp tadbirlarida uning tansoqchilari minbarga chiqib, uni himoya qilishlariga to‘g‘ri kelgan birinchi holat bo‘ldi.

Avvalroq Donald Tramp xavfsizlik nuqtai nazaridan Chikago shahrida Illinoys universitetidagi chiqishini bekor qildi. Trampning minglab dushmanlari universitet atrofida yig‘ilishgani va Trampning tarafdorlari bilan to‘qnashuvga kirganlari sababli tadbir milliarderning kelishigacha bekor qilindi.