Turkiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati muhojirlar qayig‘iga kaltaklar bilan hujum qildi
Turkiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati kaltaklar yordamida Gretsiyaning Lesbos oroliga yo‘l olayotgan muhojirlar qayig‘iga hujum qildi. Avvalroq Anqara Yevropa Ittifoqi bilan kelishuv shartlariga ko‘ra Yevropaga kelayotgan qochqinlarni ushlab turishga va'da bergandi.
Shu kelishuvga ko‘ra Turkiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati xodimlari Egey dengizida, Turkiya suv hududida muhojirlar qayig‘iga hujum qilgan.
OAVda ta'kidlanishicha, muhojirlar turklarni ularga hujum qilishda aybladilar, turklarning aytishicha, ular qayiqni undagi yo‘lovchilariga ziyon yetmasligi uchun to‘xtatishga uringanlar.
8 martda Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasida o‘tgan 15 soatlik sammitdan keyin Anqara Yevropa Ittifoqiga qochqinlar oqimini ushlab turishga va'da berdi, Yevropa Ittifoqi esa Turkiyaga migratsiya inqirozi bilan kurashish uchun avval ajratgan 3 mlrd yevrodan tashqari yana qo‘shimcha mablag‘ ajratishga va'da berdi.
Avvalroq Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu Anqara Yevropaga kelgan barcha muhojirlarni o‘zida qabul qilishga va o‘z suv hududlarida qochqinlarni ushlashga tayyorligini aytgandi.