10:52 / 13.03.2016
1756

Xitoyda avtobus yo‘lda hocil bo‘lgan o‘raga butkul tushib ketdi

Xitoyning Guychjou viloyati Guychjou okrugida katta yo‘lovchi avtobusi yo‘lda hosil bo‘lgan o‘raga bir necha soniyada butkul tushib ketdi. Kuzatuv kameralari tomonidan qayd qilingan bu noxush voqea videosi internetda tarqalib ketdi.

Videoda avtobus avtobuslar turadigan oxirgi bekatga yaqinlashayotib, suv oqib ketadigan quduq o‘rnida hosil bo‘lgan o‘raga tushib ketganini ko‘rish mumkin.

Avtobus oxirgi bekatga kelayotgani sababli u deyarli bo‘sh bo‘lib, unda bor-yo‘g‘i uch kishi bo‘lgan. Shu sababli katta talofatlar ko‘rilmagan. Avtobusdagi odamlar o‘zlari mustaqil ravishda yuqoriga chiqib olishgan.

Ushbu holat tergov qilinmoqda.

Top