17:21 / 14.03.2016
1311

BAA harbiy qiruvchi samolyoti Yamanda qulab tushdi

Yaman hududida Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xalqaro koalitsiya tarkibida isyonchi husiylarga qarshi harbiy amaliyotlar o‘tkazayotgan BAAga tegishli harbiy samolyot halokatga uchradi. Bu haqda SPA agentligi xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, ushbu qiruvchi samolyot texnik sabab tufayli qulab tushgan va uning uchuvchilari halok bo‘lgan.

Xalqaro koalitsiya bayonotida hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

BAA Mudofaa vazirligi 13 mart kuni harbiy qiruvchi samolyot radarlardan yo‘qolib qolgani haqida ma'lum qilgandi.

Top