13:23 / 14.03.2016
1398

Braziliya hukumati Petrobras rahbariyatidan 2 mlrd dollar tovon puli talab qilmoqda

Braziliya huquni muhofaza qilish organlari Lotin Amerikasidagi yirik muhandislik-qurilish kompaniyasi Oderbrecht SA va davlat neft kompaniyasi Petrobras rahbariyatini noto‘g‘ri xatti-harakatlarda aybladi hamda tovon puli sifatida 7,3 mlrd real (2 mlrd dollar) miqdorida tovon puli talab qildi. Bu haqda RNS xabar bermoqda.

Mamlakat prokuraturasi Oderbrecht SA kompaniyasini Petrobras kompaniyasi bilan korrupsiya tizimida ko‘p milliardlik shartnoma tuzishda aybladi. Bu ish 2014 yilda oshkor bo‘lgan edi.

Shu vaqtga qadar olib borilgan tekshiruv ishida 100 nafardan ziyod shaxs qo‘lga olindi. Ular orasida mashhur siyosatchi va biznesmenlar bor.

Ma'lum bo‘lishicha, prokuror Oderbrecht shartnomani qo‘lga kiritish uchun Getulio Vargas va Abreu e Lima kabi neftni qayta ishlash zavodlari, shuningdek, Rio-de-Janeyrodagi neft-kimyo zavodi va Gasduc gaz tarmog‘iga pora bergan.

Top