14:18 / 14.03.2016
1626

Galaxy S7 smartfonida oshkor etilmagan funksiya aniqlandi

Samsung Galaxy S7 smartfonida ilgari oshkor etilmagan funksiya borligi aniqlandi. Igeek.ru saytining xabar berishicha, bu funksiya orqali masofadan turib foydalanish nuqtasidan foydalanish va Wi-Fi’ni retranslyatsiya qilish mumkin.

Nega ilgari kompaniya gadjyetdagi ushbu funksiya haqida gapirmagan, degan savod ochiq qolmoqda. Balki kompaniya shu yo‘l bilan o‘z muxlislariga kutilmagan sovg‘a tayyorlagandir.

Funktsiyaga muvofiq smartfon ilgari kirgan erkin foydalanish nuqtasini eslab qoladi va undan foydalanish uchun bir marta so‘roq yuboradi. Shu bois xotirada turgan foydalanish nuqtasiga avtomatik ravishda ulaniladi.

Top