Fan-texnika | 22:03 / 14.03.2016
2293
1 daqiqa o‘qiladi
Half-Life va Portal kompyuter o‘yinlari ekranlashtirilmoqchi
AQShlik rejisser Jyey Jyey Abrams Valve o‘yin studiyasining Portal va Half-Life kompyuter o‘yinlari ekranlashtirilishi tayyorlanayotganini tasdiqladi. U bu haqda IGN nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Yulduzlar janglari” filmining oxirgi qismi rejissyori Valve bilan hamkorlik qilayotgani hamda Portal va Half-Life o‘yinlari voqealariga asoslangan badiiy filmlar ishlab chiqilayotgani haqida ma'lum qildi.
“Bizda ssenariynavislar bor, bu voqealar ustida ishlamoqdamiz. Biroq hozircha aniq narsa aytolmayman”, deb aytdi Jyey Jyey Abrams.
Bu o‘yinlarning ekranlashtirilishi haqidagi gaplar 2013 yilda paydo bo‘lgan, o‘shanda o‘yin studiyasi rahbari Geyb Nyuell va Jyey Jyey Abrams birgalikda ishlash niyatlarini bildirishgan.