07:05 / 14.03.2016
1681

Shimoliy Koreya Manxettenni vodorod bomba bilan yer yuzidan yo‘q qilib yuborish bilan tahdid qilmoqda

Shimoliy Koreya Manxettenni vodorod bomba bilan yer yuzidan yo‘q qilib yuborishi mumkin. Bu haqda The Washington Post nashri xabar bermoqda.

Nashrdagi maqola muallifi Kim Chen Ir tuzumi o‘zining texnik imkoniyatlarini bo‘rttirib ko‘rsatayotganiga ko‘pgina asoslar borligini, biroq Shimoliy Koreyaning AQShga tahdidi ortib borayotganini aytmoqda.

"Bizning vodorod bomba sobiq ittifoqda yaratilgandan bir necha barobar kattaroq. Agar uni qit'alararo ballistik raketaga o‘rnatib, Nyu-Yorkdagi Manxettenga otilsa, unda shaharning kuli ko‘kka sovuriladi", deb aytmoqdalar Shimoliy Koreya vakillari.

Shimoliy Koreya bilan AQSh o‘rtasidagi munosabatlar Vashington va Seulning birgalikdagi mashg‘ulotlari sababli keskinlashib ketdi. Bunga javoban Shimoliy Koreya yetakchisi xavfsizlik nuqti nazaridan Vashington va Seulga "adolatning ogohlantiruvchi yadroviy zarbasini" berish bilan tahdid qildi.

Top