12:09 / 14.03.2016
1879

Sobiq styuardessa eng dahshatli aviayo‘lovchilarning suratlarini tarmoqqa qo‘ymoqda

Agarda samolyotda o‘zimizni shu suratlardagi qahramonlar kabi tutadigan bo‘lsak, boshqa aviayo‘lovchilar va bort xizmatchilarining nafratiga uchrashimiz aniq. Sobiq styuardessa Shon Ketlin o‘zini samolyotda odobsiz tutgan aviayo‘lovchilarni uyaltirish maqsadida butun bir sayt yaratdi va unga ularning suratlarini yuklay boshladi.

Samolyotlarda faqatgina tasma taqish va gadjyetlarimizni o‘chirib qo‘yish qoidalarini eslatish kamlik qilsa kerak. Chunki bir xil odamlar uchun parvoz paytida odamiylikni yo‘qotmaslikni ham eslatib o‘tish lozim.
Hamma narsa ijozat etilgan va kimdur meni samolyotdan tushurib yuborar edimi deb o‘ylab, bir xil fuqarolar o‘zlarini juda odobsiz tutishni boshlaydilar.

Dahshatli aviayo‘lovchilarning dunyoning har xil chekkalaridan olingan suratlari endi sobiq styuardessa Shon Ketlinning Passenger Shaming (Yo‘lovchilarni uyaltirish) saytiga yuklanmoqda va bu yo‘l bilan ularni ozgina bo‘lsa ham uyaltirish maqsad qilib olingan.

Juda ham odobsiz va madaniyatsiz aviayo‘lovchilar parvoz paytida pedikyur qiladilar, ovqat uchun stolning ustiga oyoq qo‘yadilar, mast bo‘lib, o‘zlarini adabsiz tutadilar.

Bu kishi o‘zini xavfsiz qilish uchun qutqaruv nimchasini taqib olgan.

Samolyotda shug‘ullanishdan eng zo‘r mashg‘ulot bo‘lmasa kerak!

Biz osmonga ko‘tarilib bo‘ldikmi? Endi vaqtichog‘lik payti keldi.

Bu stolni ustida kimdur keyin ovqatlanadiku!

Balkim bu monitorda yo‘lovchi film tomosha qilmoqchi bo‘lgandur, sizning manikyurlaringizni emas.

Top