Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:01 / 15.03.2016
1899
1 daqiqa o‘qiladi
Boshqirdistondagi turar-joy binosida yuz bergan yong‘in 12 kishini hayotdan olib ketdi
Boshqirdistonning Sterlitamak shahridagi bir qavatli xususiy turar-joy binosida chiqqan yong‘in tufayli 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda respublika IIV xabar bergan.
Turar-joy binosi ushbu shaharda istiqomat qiluvchi 31 yoshli erkak hamda 53 yoshli ayolga taalluqli bo‘lgan.
Voqea joyida Respublika IIV ekspert-kriminal markazning kriminal laboratoriyasi ish olib bormoqda.
Politsiya halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlashtirmoqda.