Jyeff Bezos “tezroq” kosmosga uchib ketmoqchi
Butun jahonga mashhur tadbirkor va Amazon va Blue Origin (texnik jihatdan SpaceX dan oldin raketani oldinroq o‘tqizgan) kompaniyalari asoschisi New Shepard kosmik qurilmasi yordamida kosmosga uchishni rejalashtirgan. Buning ustiga u “tezroq” kosmosga uchib ketmoqchi. Bu haftada u o‘zining raketalar fabrikasida New Shepardning katta oynalarini ko‘rsatib, bu qurilmada uchish qanday bo‘lishini tasavvur qilishini aytib berdi.
Kosmosga ko‘tarilayotganda yo‘lovchilar 3-4 G va tushish vaqtida esa 5 G yuklanishni sezadilar. “Ko‘tarilishda eng qiziq vaziyat bu tezlanishning tezlanishi hisoblanadi. Siz BE-3 dvigateli yordamida 45 000 kilogramm tortuvchi kuch bilan parvoz qilasiz, va yoqilg‘i juda ham ko‘p bo‘ladi, tezlanish esa sekin amalga oshadi. Lekin tezlanishning kuchayib borishi tufayli, transport o‘z og‘irligini yo‘qotib yengil bo‘lib qoladi. Shuning uchun, tezlanish oshib ketaveradi”,- dedi Bezos.
Bu esa New Shepardning raqobatchilaridan, ya'ni boshqa kosmik turizmni amalga oshirishni rejalashtirgan Virgin Galactic va XCOR kompaniyalaridan uni farqlaydi.
Blue Origin zavodiga qilingan tashrifda Bezos butun diqqatni New Shepardning xavfsizlik tizimiga e'tiborni qaratmoqchi bo‘ldi. Transport vositasi avtonom tarzda ishlaydi va ko‘p marta qo‘llaniladi.
“Bunday arxitekturaning ajoyib tarafi shundaki, biz insonlarni bu qurilmada uchirishni boshlashdan oldin yaxshilab tekshirib olishmizga imkoniyat beradi. Biz sinchkovlik bilan qurilmani tekshirib chiqamiz, keyin o‘ylaymanki siz bemalol onangizni va bolalaringizni kosmosga yuborishingiz mumkin bo‘ladi”,- deb davom ettirdi Bezos.
Bezosning ta'kidlashicha, uchuvchisiz sinov dasturi shu yil davom etadi, keyingi yildan esa, uchuvchi-sinovchilar kosmosga New Shepardda uchishni boshlaydilar. Lekin ularni uchuvchi deyish xato bo‘ladi, chunki qurilma to‘liq avtonom tarzda ishlaydi va ularni yo‘lovchi-sinovchi deb atasak ham bo‘ladi. Hattoki tijorat reyslari amalga oshirilganda ham bortda uchuvchilar bo‘lmaydi, faqatgina yo‘lovchilar bo‘ladi, - deb davom ettirdi tadbirkor.
O‘zingiz qachon uchib qo‘rmoqchisiz degan savolga, Bezos “Qancha tezroq bo‘lsa yaxshi bo‘lar edi”, - deb javob berdi.
Agar sinov parvozlari yaxshi amalga oshsa, Blue Origin kompaniyasi G‘arbiy Texasdan 2018 yildan boshlab tijorat xizmatlarini ko‘rsata boshlaydi. Kompaniya hali beri chipta narxlari bilan bir qarorga kelgani yo‘q, lekin Bezos “raqobatchilar taklif qilayotgan” narxlar atrofida bo‘ladi deb kutmoqda. Hozirda Virgin Galactic kompaniyasi VSS Unityda parvoz uchun 250 000 dollar, XCOR esa Lynx kosmik apparatida kosmik sayr uchun 150 000 dollar olmoqchi. Ammo yuqoridagi transportlarning hech qaysisi kosmik parvoz sinovidan o‘tmagan.
Blue Origin narxlarni e'lon qilishni barcha sinovlar tugab, aniq uchish kunlari belgilanmagunga qadar rejalashtirmagan.