Jahon | 12:22 / 15.03.2016
1242
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston “Rosneft”ning 2 milliard dollardlik aktivlarini sotib oladi

Hindistonning ONGC Videsh (OVL), Indian Oil Corporation (IOC), Oil India (OIL) va Bharat PetroResources (BPRL) davlat neft kompaniyalari Rossiyaning “Rosneft” davlat kompaniyasi bilan 2 milliard dollarlik kelishuv imzolashni maqsad qilgan.

Hind kompaniyalari Rossiya kompaniyasining ikkita neft konlari – Taas-Yuryax va Vankordan ulush olishni rejalashtirganlari haqida Financial Express nashri xabar berdi.

Kelishuvni imzolash uchun Hindistonga “Rosneft” rahbari Igor Sechin shaxsan tashrif buyuradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish