Sport | 08:53 / 15.03.2016
1620
2 daqiqa o‘qiladi

«Nyukasl» Benites boshqaruvidagi ilk uchrashuvda «Lester»dan mag‘lub bo‘ldi

Angliya chempionati 30-turida musobaqa yetakchisi «Lester» jamoasi o‘z maydonida «Nyukasl»ni qabul qildi va kichik hisobda g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida «tulkilar»ning yaponiyalik legioneri Shinji Okazaki akrobatik zarbasi bilan hisobni ochdi.

O‘yinda boshqa gol urilmadi Rafael Benitesning «Nyukasl» bosh murabbiyligidagi ilk uchrashuvi mag‘lubiyat bilan yakunlandi.

Endilikda «Lester» juda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Jamoa 63 ochko to‘plagan holda chempionlik poygasida «Tottenhem» bilan oradagi 5 ochkolik farqni saqlab qoldi. «Nyukasl» esa 19 o‘rinda qolmoqda - 24 ochko.

Angliya chempionati, 30-tur
Lester – Nyukasl 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 25 Okadzaki.
Lester – Shmeyxel, Simpson, Morgan, Xut, Fuks, Marez, Kante, Drinkuoter, Olbrayton (Uloa, 75), Okazaki (Shlupp, 65), Vardi.
Nyukasl – Elliot, Yanmat, Teylor, Lassels, Kolbek, Anita (Taunsend, 56), Shelvi (Dumbiya, 87), Peres (de Yong, 71), Veynaldum, Sissoko, Mitrovich.