17:31 / 15.03.2016
1912

Namanganda yangi yo‘l harakati qoidalari belgisi paydo bo‘ldi

Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida Namangan viloyatidagi obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining ish jarayoni tasvirlangan suratlar e'lon qilindi.

Foydalanuvchilarning diqqatini tortgan suratlardagi yo‘l belgilarda supurgi ushlab olgan ayol tasvirini uchratish mumkin. Surat ostida qoldirilgan izohdan shuni anglash mumkinki, bu holatni Farg‘onada ham uchratishgan.

Eng qiziqarli tomoni shundaki, bu kabi belgi O‘zbekistonda amalda bo‘lgan yo‘l harakati qoidalarida uchramaydi. Bunday holatlarda “Ta'mirlash ishlari” yo‘l belgisidan foydalaniladi.

Top