15:31 / 16.03.2016
2139

“Serma'no mimikali” qizil panda mashhur bo‘lib ketdi

Britaniya yovvoyi tabiat parkida istiqomat qiluvchi qizil panda “ma'nodor” yuz ifodalari bilan internet yulduziga aylandi.

Bambuk barglarini iste'mol qilish chog‘ida yuzini g‘aroyib bujmaytirib, imo-ishoralar qiluvchi jonzot haqida birdaniga bir necha g‘arb OAV, jumladan, UPI va USA Today maqola tayyorlashdi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ko‘nglini ko‘targan internetning yangi qahramoni Paradise yovvoyi tabiat parkida yashaydi.

Top