Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Di Kaprioga Yoqutistondan kumush “Oskar” yuborishdi
Yoqutistonda “Oskar”ga o‘xshatib yasalgan kumush haykalcha aktyor Leonardo Di Kaprioga yetkazildi.
G‘oya muallifi Tatyana Yegorova maxsus sovg‘a Los-Anjyelesga yuborilganini REGNUM agentligiga ma'lum qildi.
Tatyananing so‘zlariga ko‘ra, barcha OAV va aktyorning muxlislari sovg‘a egasiga yetib borgani bilan qiziqib, uning kumush haykalcha bilan tushgan suratini kutmoqdalar.
“Oskar” taqdimoti kuni (28 fevralda) “Yoqutistonlik haykalcha” tayyor bo‘lgan edi. Uni yaratish bilan zargar Ruslan Neustroyev shug‘ullandi. Hajmi bo‘yicha u xuddi haqiqiy “Oskar”dek. Haykalcha uchun qimmatbaho metallni butun Yoqutiston bo‘ylab to‘plashdi. Natijada, ustaning qo‘liga deyarli bir yarim kilo kumush va uch gramm oltin kelib tushdi.