13:45 / 16.03.2016
1682

Oloy bozori sotuvchilari avtoturargohda savdo qilishda davom etmoqda

Oloy bozorida olib borilgan ta'mirlash ishlari natijasida boshqa yerga — bozor yonidagi avtoturargoh yaqiniga ko‘chirilgan sotuvchilar, bozor o‘z ishini boshlashiga qaramay hamon o‘sha yerda savdo qilishda davom etmoqda. Bu haqja mytashkent.uz sayti xabar bermoqda.

Bozorning keng ko‘lamda ta'mirlash ishlari 29 fevral kuni boshlangan edi. O‘shanda oziq-ovqat pavilonni butunlay buzib tashlangandi. Bundan maqsad, barcha narsa sotiladigan yagona nuqta qurishni rejalashtirish edi. Qurish-ta'mirlash ishlari joriy yilning avgust oyida yakuniga yetadi.

 

Top