Jahon | 22:24 / 16.03.2016
2225
1 daqiqa o‘qiladi

Parijda teraktlarni tayyorlashda gumon qilingan 4 kishi hibsga olindi

Fransiyaning aksilterrorchilik politsiyasi Parij markazida terakt tayyorlashda gumon qilingan 4 nafar islom radikalini hibsga oldi, deb xabar bermoqda TF1 kanaliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Ma'lum qilinishicha, Parij chetida 3 kishi va bir nafar ayol ushlangan. Xavfsizlik xizmatlari ularning islom jangarilari bilan aloqalari borligi haqida ma'lumotlarga egalar.

Politsiya ulardan avtomat uchun patronlar va kompyuter uskunasini tortib olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish