09:37 / 16.03.2016
1557

Pekinda Abdulaziz Komilov ShHT bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

2016 yilning 15 mart kuni Xitoy Xalq Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Rashid Alimov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV saytida xabar berilgan.

Uchrashuvda ShHT kun tartibi masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Vazir O‘zbekiston raisligi doirasida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan ShHTning asosiy tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida habar berdi.

ShHT Bosh kotibi O‘zbekistonning joriy raisligi va Toshkent shahrida ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari Kengashi chog‘ida imzolanishi rejalashtirilayotgan hujjatlar tashkilotning 15 yillik tarixida muhim bosqich nuqta bo‘lishi va ko‘p tomonlama hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishi kerakligini ta'kidladi.

Top