11:03 / 17.03.2016
1817

LG Electronics’dan G4 seriyali smartfonlari - eng sevimlilar uchun tuhfa!

Eng qadrli bayramlarimizdan biri - Navro‘z ayyomi yaqinlaringizni eng yaxshi sovg‘alar bilan xushnud etish uchun munosib sabab. Zamonaviy va foydali sovg‘a orqali Siz oila a'zolaringiz va yaqinlaringizga nafaqat o‘z g‘amxo‘rligingizni izhor qila olasiz, balki bayramona kayfiyat ham baxsh etasiz. Suygan insonlaringizni zamonaviy va doimo aloqada bo‘lishlariga imkon beruvchi LG G4 oilasiga mansub smartfonlarga diqqatingizni qarating.

Serqirra LG G4 smartfoni keng doirada va turli narxlarda taqdim etilgan. Masalan, G4 Stylus smartfoni HD displeyi bilan boyitilgan va yangi stilus tufayli foydalanuvchiga QuickMemo+ funksiyasi orqali chizish, qaydlar qilish, suratlarni tahrir qilishdek ajoyib imkoniyatlarni taklif etadi.

LG G4 mini smartfoni esa G4 ilg‘or funksiyalarining deyarli barchasini o‘zida jamlagan, faqat uni ixchamroq va ancha arzonroq ko‘rinishda sotib olish mumkin. Orqa panelning o‘ziga xos g‘aroyib relefi va ergonomik dizayni bu smartfonni qo‘lda ushlab turishni o‘ta qulaylashtiradi. Ushbu smartfonni yaqin odamingiz didiga moslab turli ranglardan birini tanlab olishingiz mumkin.

G4 flagmanining o‘ziga kelsak, u taqdim etilgan kunidan boshlab o‘zini smartfonlar olamida moda va funksionallikning timsoli sifatida taqdim eta oldi. Uning nafis ko‘rinishi va qo‘l mehnatida oshlangan teridan yasalgan orqa paneli eng nozikta'b iste'molchilarni ham maftun qildi.

Red Dot Award 2015 tanlovi “Kommunikatsion dizayn” kategoriyasida 13 nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib, LG “Yil brendi” nomiga sazovor bo‘ldi. Ekspertlar, ayniqsa, LG G4 smartfoniga tan berishdi.

LG G4 hayotini smartfonsiz tasavvur eta olmaydigan barchani ko‘p funksionalligi bilan qoyil qoldirdi. Ushbu smartfon sevimli inson uchun munosib sovg‘a bo‘la oladi. F1.8 diafragmali kamera ilk bor aynan G4 smartfonlarida qo‘llandi hamda yorug‘lik yetishmaganda sifatli tasvirlarni muhrlay oladi. Uning obektivi ko‘proq yorug‘likni o‘tkaza oladi, shuning uchun g‘ira-shira yorug‘likda olingan suratlar ham aniq va yorqin chiqadi.

Qo‘lda sozlash tizimi orqali Siz yorqinlik, rang, fokus va boshqa parametrlar rejimini sozlab, o‘zingiz xohlagan tasvirga ega bo‘lishingiz mumkin. Sovg‘angiz yaqin insoningizni hayron qoldirishi uchun ko‘plab chiroqlar harakatlanayotgan joyga, masalan, ko‘ngil ochish bog‘iga olib keling. G4 kamerasi yordamida yaratilgan chiroq izlarining effekti har kimda yorqin taassurot qoldirishi tayin.

Kamera eshikchasini badiiy effekt uchun sozlanadi va suratda yorug‘lik tarqatuvchi obektning butun harakat trayektoriyasi saqlanib qoladi. Dinamik yorqin nurli sahna go‘yo smartfon ekranida qotib qoladi va ajoyib romantik kayfiyat yaratadi.

Top