08:32 / 17.03.2016
1373

Mishel Obama AQSh prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yish niyati yo‘qligini aytdi

AQShning birinchi xonimi, prezident Barak Obama rafiqasi Mishel Obama o‘z turmush o‘rtog‘i izidan borib, AQSh prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yish niyatida emasligini aytdi. Bu haqda “Gazeta.Ru» muxbiri xabar bermoqda.

Mishel Obama bu haqda South By Southwest (SXSW) festivali ishtirokchilari bilan uchrashuv vaqtida aytdi.

“Men yoshlar bilan ishlashni davom ettiraman, biroq prezident sifatida emas. Muhim narsalar qilish uchun albatta AQSh prezidenti bo‘lish shart emas. Ba'zida Oq uy tashqarisida, bu cheklovlar va kameralarsiz ko‘proq ish qilish mumkin. Bu jumladan sizga ham tegishli”, deb yoshlarga yuzlandi Mishel Obama.

Mishel Obamaning aytishicha, u hozirda qilayotgan ishlari bilan cheklanib qolmaydi. Ayni vaqtda birinchi xonim Let Girls Learn dasturi va #‎62MillionGirls loyihasi bilan shug‘ullanmoda. Bu dasturlar uchinchi dunyo mamlakatlari va sayyoraning boshqa nomaqbul joylaridan bo‘lgan qizlarga ta'lim berishga qaratilgan. Mishel kelgusida ham shu yo‘nalishda faoliyat olib bormoqchi.

“Hayot 30 yoshdan keyin boshlanadi, deyishadi. Biroq men 50 yoshni ham faxr bilan qarshilashni, 60 yoshda-ku umuman yarqirashni mo‘ljallamoqdaman”, deb ta'qidlab o‘tdi Mishel.

Mishel Obama, shuningdek, Oq uydan ko‘chib ketgandan keyin odamlarning farovonligi yo‘lida ishlaydigan yoshlar bilan muloqot qilishni ko‘proq qo‘msashini aytdi.

Top