17:32 / 17.03.2016
2344

Nemis kompaniyalari barcha mehnat muhojirlarni ish bilan ta'minlay olmaydi

Qochqinlar va mehnat muhojirlari Germaniyaga endigina oqib kira boshlagan davrda qator kompaniya va biznes-jamoat birlashmalari hukumatning migratsiya masalalari bo‘yicha liberal pozitsiyasi tarafdorlaridan edilar.

Lekin qochqinlarni ishga joylashtirish muammosi ko‘ndalang kelganda, ularning qarashlari o‘zgarib ketdi, deb xabar beradi The Wall Street Journal.

Nazariy jihatdan Germaniya aksariyati yoshlardan iborat bo‘lgan millionlab muhojirlar uchun har tomonlama mos keladi: mamlakatda ishchi kuchlarning tez qarishi kuzatilmoqda, ishsizlik darajasi past va sanoatning ko‘plab sohalarida bo‘sh ish o‘rinlari bor.

Biroq, amalda, muhojirlar bilan suhbat o‘tkazgan tashkilotlar malakali ishchi topa olmaganlarini ma'lum qilganlar. Aksariyat qochqinlarning yoki umuman ish tajribalari yo‘q, yoki bilimlari o‘ta past.

Maxsus so‘rovnomada ishtirok etgan muhojirlarning 62 foizi professional tayyorgarlikka ega emasliklari va kollejni tamomlamaganlarini ma'lum qilganlar.

Qator nemis kompaniyalari, jumladan, Bayer AG, DZ Bank AG, Henkel AG va Volkswagen AG muhojirlarga ish qidirishda yordam beruvchi dasturlarni ishga tushirganlar.

Top