Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Rossiya zarurat topilsa, Suriyadagi harbiy guruhini bir-necha soat ichida kengaytirishi mumkin
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Rossiya zarurat tug‘ilgan holatda Suriya hududidagi harbiylari sonini bir necha soat ichida bir necha barobar oshira oladi.
Davlat rahbari bu so‘zlarni bugun, 17 mart kuni, Suriyadagi maxsus amaliyotlarni bajarishda namuna ko‘rsatgan harbiylarga davlat mukofotlarini topshirish marosimida aytib o‘tdi.
"Agar talab qilinsa, Rossiya Suriyadagi harbiy guruhini bir necha soat ichida kengaytira oladi", deydi u.
Shu bilan birgalikda u "bunday zarurat paydo bo‘lishi"ni o‘zi istamasligini qo‘shimcha qilgan.
U shuningdek, Rossiya Suriyadagi jangarilarga zarba berishda davom etishini ma'lum qilgan.