Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiya OAVi Parij terakti tashkilotchisi qo‘lga olingani haqida xabar berdi
Belgiyaning Molenbek kommunasida Parij teraktining asosiy teraktchisi sifatida hisoblanuvchi Saloh Abdisalom qo‘lga olingan. Bu haqda RTL xabar tarqatgan.
Ma'lum qilinishicha, uni qo‘lga olish uchun keng ko‘lamli amaliyot o‘tkazilgan.
Xabarda Abdislom huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan otishma chog‘ida jarohatlangani aytilgan.
Fransiya prokuraturasining so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilning 13 noyabrida sodir etilgan Parij terakti natijasida halok bo‘lganlar soni 129 nafar, jarohatlangan kishilar soni esa 352 nafarni tashkil etgan.