Sport | 17:44 / 18.03.2016
1267
1 daqiqa o‘qiladi

Klichko va Tayson Fyuri o‘rtasidagi match-revansh o‘tadigan kun aniq bo‘ldi

Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko va britaniyalik Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangining o‘tish muddati tasdiqlandi. Bu haqda The Mirror nashri Klitschko Management Group promouterlik kompaniyasiga tayanib xabar qilgan.

O‘ta og‘ir vazn toifasidagi WBA, WBO va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha chempionlik kamari sohibi bo‘lgan Tayson Fyuri joriy yilning 4 iyun kuni ushbu kamarlarini sobiq egasi Vladimir Klichkodan himoya qiladigan bo‘ldi.

Manbaga ko‘ra, Klichko va Fyuri o‘rtasidagi jangning aynan qaysi arenada o‘tkazilishiga oydinlik kiritilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish