23:00 / 18.03.2016
1326

Konte Arturo Vidalni «Chelsi»da ko‘rishni istamoqda

«Bavariya» jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal «Chelsi» jamoasi qiziqishlari doirasiga tushgan.

Goal.com nashrining yozishicha, 28 yoshli bu chililik xavbekning xizmatiga jamoani Yevro-2016 turniridan keyin qabul qilib oladigan Antnio Konte tomonidan qiziqish bildirilgan.

«Men hamisha aytganman, agar urushga jo‘naydigan bo‘lsam, o‘zim bilan Konteni olaman. U bilan istalgan joyga borsa bo‘ladi. Ko‘ramiz, voqealar qanday rivojlanarkan», –deya bu xabarga munosabat bildirgan Vidal.

Qayd etish kerakki, Konte «Yuventus» jamoasiga murabbiy bo‘lgan vaqtda Vidalni turinliklarning asosiy futbolchisiga aylantirgandi.

Konte Yevro-2016 turniridan keyin terma jamoadan ketishi ma'lum qilindi

Konte «Chelsi»ga Pyanichni tavsiya qildi

Konte “Chelsi”ga Bonuchchini taklif qilishi mumkin

Top