09:30 / 18.03.2016
1398

«Old Trafford» muxlislar tashrifi bo‘yicha Yevropa Ligasi rekordini o‘rnatdi

«Manchester Yunayted» 17 mart oqshomida Yevropa ligasining nimchorak finalida «Liverpul»ga qarshi bahs o‘tkazdi.

«Old Trafford»da bo‘lib o‘tgan bu javob o‘yini 1:1 hisobida yakunlandi va mezbonlar turnirni tark etishib, mavsumda sovrinsiz qolishi aniq bo‘ldi.

O‘yinni tomosha qilishi uchun «Old Trafford» stadioniga 75 180 muxlis kelgandi. Bu haqda UYeFA rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Shu tariqa, Manchesterda Yevropa Ligasi turniri tarixida eng ko‘p muxlis tashrif buyurishi bo‘yicha rekord o‘rnatildi.

Bundan avvalgi rekord o‘tgan mavsumda turnirning nimchorak finalida Kiyevning «Dinamo» va Liverpulning «Everton» jamoalari o‘rtasida kechgan, 5:2 hisobida yakunlangan uchrashuvida qayd etilgandi. O‘shanda «Olimpiyskiy» stadioniga 67 553 muxlis yig‘ilgandi.

Top