19:24 / 18.03.2016
2009

O‘zbekistondagi yetakchi kompaniyalar vakillari GM Uzbekistan zavodiga tashrif buyurdi

O‘zbekistondagi yetakchi kompaniyalarning 30 nafar vakili GM Powertrain-Uzbekistan zavodiga tashrif buyurdi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» AK axborot xizmati ma'lum qildi.

Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakatdagi yetakchi kompaniyalar vakillarining zavodga tashrif buyurishiga doir so‘rovnomasiga javoban amalga oshirildi. Bundan ko‘zlangan maqsad kompaniyalar vakillarining zavoddagi korporativ boshqarish amaliyoti bo‘yicha ma'lumotga ega bo‘lishlarini ta'minlash va o‘zaro tajriba almashishdan iborat edi.

GM Powertrain-Uzbekistan rahbariyati tomonidan mehmonlar uchun biznes-loyihalashtirish va ishlab chiqarishning global tizimi, iqtidorlarni boshqarish, korporativ faoliyat bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Tashrif so‘ngida GM Uzbekistan Operations boshqaruvi raisi va prezidenti Xektor Villarreal kompaniya vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Top